«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri UEFA Chempionlar ligasi doirasida Turkiyaning «Fenerbaxche» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida raqibning salohiyati, tarkibidagi o‘zgarishlar va jamoasining bo‘lajak bahsga tayyorgarligi haqida gapirdi.
Emeri o‘tgan yili Istanbulda «Fenerbaxche»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv oson kechmaganini eslab, bu safar o‘z maydonida to‘p surishini ta’kidladi.
«O‘tgan yili Istanbulda juda qiyin uchrashuv o‘tkazgandik. Endi esa o‘z maydonimizda o‘ynaymiz.
Ularning tarkibida ayrim futbolchilar almashgan, bosh murabbiy ham o‘zgargan. Hozir biz raqibning o‘yinini taktik jihatdan tahlil qilyapmiz», — dedi Emeri.
Shuningdek, «Aston Villa» ustozi Turkiya klubining hozirgi imkoniyatlariga yuqori baho berib, bo‘lajak uchrashuvda jiddiy raqobat kutayotganini ma’lum qildi.
«Ertangi o‘yin qiyin kechishini kutyapman. Ularda yaxshi futbolchilar va kuchli murabbiy bor. «Fenerbaxche» — Yevropaning kuchli jamoalaridan biri.
Ularning futbolchilari juda yuqori saviyaga ega. Klub Yevropa miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli raqobatlasha oladi.
Biz raqibni hurmat qilamiz. Ertaga esa o‘z o‘yin rejamiz asosida harakat qilishga intilamiz», — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, «Aston Villa» va «Fenerbaxche» o‘rtasidagi uchrashuv 14 oktyabr kuni UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Bahs Toshkent vaqti bilan 15 oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.
Mazkur uchrashuvni slovakiyalik hakam Ivan Krujlyak boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.













