Londonning «Arsenal» klubi 2026/27 yilgi mavsumda o‘tkazgan 10 ta uchrashuvdan 9 tasida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turida Fransiyaning «Lill» klubini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Ushbu natija «kanonirlar»ning joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasidagi to‘qqizinchi g‘alabasi bo‘ldi.
«Arsenal» hozirgacha faqat bitta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan. Londonliklarga yagona mag‘lubiyatni Angliya Premyer-ligasi doirasida «Brayton» yetkazgan. O‘sha bahsda Arteta shogirdlari 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan.













