«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Chempionlar ligasi-2026/2027 mavsumi umumiy bosqichining 2-turidan o‘rin olgan «Viking»ga qarshi uchrashuvdagi durang (3:3) haqida fikr bildirdi.
«Albatta, biz xafamiz. O‘yinni yaxshi boshlay olmadik va juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. “Viking” himoyada yaxshi harakat qildi va hujumda o‘z imkoniyatlarini kutib turdi.
Ikkinchi bo‘limda raqibdan to‘liq ustunlik qildik, o‘z ritmimizni topdik va raqib darvozasi oldida ishonchli harakat qildik. Ammo keyin qizil kartochka butun vaziyatni o‘zgartirib yubordi.
Bunday o‘yin bilan g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Biroq faqat bir ochko oldik va oldinga harakat qilishda davom etamiz», — dedi Keyn UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, «Viking» va «Bavariya» o‘rtasidagi uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi. Keyn mazkur bahsda dubl qayd etdi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Viking» «Aston Villa» bilan, «Bavariya» esa «Arsenal» bilan kuch sinashadi. Har ikki uchrashuv 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













