Turkiyaning "Galatasaroy" klubi vingeri Rafael Leau jamoaga moslashish jarayoni haqida fikr bildirdi.
"Istanbulda o‘zimni juda yaxshi his qilyapman, hammasidan mamnunman. O‘zimni xuddi uydagidek his qilyapman. Klubda hamma menga juda yaxshi munosabatda bo‘lmoqda.
"Galatasaroy"da ekanimdan chindan ham baxtiyorman va bu yerda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqchiman", — dedi Leau.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turida "Galatasaroy" "Barselona"ga 1:4 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi. "Sherlar" safidagi yagona golni rossiyalik yarim himoyachi Aleksey Batrakov kiritdi.
Ushbu uchrashuvda Leau 90 daqiqa to‘liq maydonda harakat qildi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu uning Turkiyada o‘tkazgan oltita o‘yinidagi ilk golli harakati bo‘ldi.













