Taniqli futbol eksperti va «Barselona» muxlisi Seytan Chempionlar ligasida «Galatasaroy»ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Pedrining o‘yinini yuqori baholadi. Musobaqa umumiy bosqichi 2-turidan o‘rin olgan bahs 4:1 hisobida yakunlandi.
«Kanselu va Yamalga bo‘lgan hurmatimni saqlagan holda aytaman, maydondagi eng yaxshi futbolchi Pedri bo‘ldi. U birinchi daqiqadanoq o‘zining yuksak mahoratini namoyish etdi.
Bir payt menga muxlislar aynan Pedrini muvozanatdan chiqarish uchun boshqalardan ko‘ra ko‘proq hushtakbozlik qilayotgandek tuyuldi. Ammo shunday sharoitda ham u Laminga 40 metr masofadan mukammal uzatma berdi.
U buni qanday uddalayotganini tushunmayman. Go‘yo Messi qaytib kelgandek taassurot uyg‘onadi.
Pedriga qarshi pressing qo‘llashga urinishning ma’nosi yo‘q. U o‘zining eng yaxshi formasida bo‘lganida hech qachon to‘pni yo‘qotmaydi», — deya Seytanning so‘zlarini keltirmoqda Barça Universal.
Joriy mavsumda 23 yoshli Pedri barcha musobaqalar doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.













