Serbiyalik himoyachi Straxinya Pavlovich «Milan» rahbariyati bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio o‘z saytida xabar berdi.
Futbolchi yaqin vaqt ichida «rossonerilar» bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaydi. Kelishuv 2031 yilgacha amal qiladi.
25 yoshli serbiyalik futbolchi 2024 yil yozidan buyon «Milan» safida to‘p surmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2028 yil iyun oyining oxirida yakunlanadi. Uning transfer qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.
Italiya chempionatining joriy mavsumida Pavlovich oltita uchrashuvda maydonga tushib, uchta sariq kartochka oldi.













