Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turi doirasidagi uchrashuv oldidan «Manchester Siti» bilan bog‘liq ish haqida o‘z fikrini bildirdi.
Avvalroq «shaharliklar» Angliya Premyer-ligasi doirasida moliyaviy qoidalar, shuningdek, barqarorlik va rivojlanish talablarini buzish bilan bog‘liq 115 ta ayblovdan 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topilgani xabar qilingan edi.
«Manchester Siti» kabi yirik klublar atrofida doimo ko‘plab shov-shuvlar bo‘ladi. Biz ushbu ishning yakuniy natijasini kutyapmiz. Ularda hammasi yaxshi yakunlanishini istayman, chunki ularning maydonda erishgan natijalari hayratlanarli va ular barcha g‘alabalariga munosib bo‘lishgan», — deya Luis Enrikening so‘zlarini X ijtimoiy tarmog‘idagi The Touchline sahifasi keltirmoqda.













