Myunxenning «Bavariya» klubi yulduzli qanot hujumchisi Maykl Olise Londonning «Arsenal» klubi qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Arsenal» fransuz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. «To‘pchilar» bosh murabbiyi Mikel Arteta Oliseni jamoasida ko‘rishni istamoqda. Ta’kidlanishicha, transfer amalga oshgan taqdirda, ispaniyalik mutaxassis fransuz futbolchisini «Arsenal» hujum chizig‘ining asosiy figurasiga aylantirishni rejalashtirmoqda.
Biroq 24 yoshli qanot hujumchisiga «Real», «PSJ» va «Liverpul» klublari hamon qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, «Bavariya» Olise bilan shartnomani uzaytirish va uning moliyaviy shartlarini sezilarli darajada yaxshilashni istaydi. Ammo tomonlar kelishuvga erisha olmasa, «Arsenal» 2027 yil yozida transfer bo‘yicha faol harakatlarni boshlashi mumkin.
Olise joriy mavsumda barcha musobaqalarda to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining transfer qiymatini 180 million yevro etib baholamoqda.













