Saudiya Arabistoni chempionati doirasida «Al-Ahli» va «An-Nasr» o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuv boshqa sanaga ko‘chirildi.
Jamoalar 15 oktyabr, payshanba kuni o‘zaro to‘qnash kelishi kerak edi. Biroq mazkur bahs qoldirildi.
«An-Nasr» klubining rasmiy saytida keltirilishicha, uchrashuv 2027 yilning 6 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Bunday qaror qabul qilinishiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, «An-Nasr» dushanba kuni Osiyo Chempionlar ligasida O‘zbekistonning «Neftchi» klubini 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi.
Raketa hujumi xavfi sababli ushbu o‘yin belgilangan vaqtdan bir soat kech boshlangan. Krishtianu Ronaldu jamoasining gollaridan biriga mualliflik qilgan.
Chempionat uchrashuvi qoldirilganidan so‘ng Ronaldu va uning jamoadoshlari qo‘shimcha dam olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ayni paytda «An-Nasr» Saudiya Arabistoni Pro-ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.













