«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Andrey Santos iste’foga chiqarilishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalayotgan jamoa bosh murabbiyi Maykl Karrik haqidagi savolga javob berdi.
«Qizil iblislar» UEFA Chempionlar ligasida Madridning «Atletiko» klubiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, navbatdagi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shu tariqa, mankunianliklarning g‘alabasiz seriyasi ketma-ket beshta o‘yinga yetdi.
«Albatta, biz bosh murabbiyimizga, butun murabbiylar shtabiga va futbolchilarga ishonamiz.
Hozir qiyin davrni boshdan kechiryapmiz, ammo natijalarni o‘zgartirish uchun ishlashda davom etishimiz kerak», — dedi braziliyalik yarim himoyachi DAZN Football nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Andrey Santos o‘tgan yozda «Chelsi»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tgan edi.













