Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

O‘FA FIFA’dan 25 mln dollar olishi mumkin — OAV

Baho:
+ | -

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) kelgusi to‘rt yillik sikl uchun 6,35 milliard dollarlik rivojlanish jamg‘armasini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Yangi dasturga ko‘ra, tashkilotga a’zo bo‘lgan 211 ta milliy assosiasiya, jumladan, O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi (O‘FA) ham futbolni rivojlantirish uchun 25 million dollar miqdorida mablag‘ olishi mumkin.

The Associated Press nashrining xabar berishicha, FIFA so‘nggi Jahon chempionatidan tushgan daromadlar hisobiga a’zo federasiyalar uchun ajratiladigan sarmoyalar hajmini oshirishga qaror qilgan. Dastlabki rejada har bir milliy assosiasiyaga 4 yil davomida 10 million dollardan berilishi ko‘zda tutilgan edi. Qo‘shimcha daromadlar ortidan bu summa 25 million dollargacha oshishi ehtimoli bor. Shuningdek, loyiha doirasida oltita qit’a konfederasiyasining har biriga 99 million dollardan mablag‘ ajratiladi.

FIFA prezidenti Janni Infantino 28 sentyabr kuni konfederasiyalar rahbarlariga yo‘llagan maktubida tashkilotning moliyaviy yutuqlari barcha a’zolarga xizmat qilishi kerakligini ta’kidlagan. Mazkur reja kelgusi yilning mart oyida bo‘lib o‘tadigan FIFA kongressida rasman tasdiqlanishi kutilmoqda.

Ta’kidlash joizki, FIFA’ning moliyaviy fondni kengaytirish taklifi tashkilot rahbari Janni Infantinoning navbatdagi saylovlari va uning UYEFA bilan yuzaga kelgan ziddiyatlari fonida ilgari surilmoqda.

Ma’lumot uchun, FIFA prezidentligi uchun saylovlar 2026 yilning 18 mart kuni Marokashda o‘tkaziladi. Unda 211 ta davlat qatori O‘zbekiston ham ovoz berish huquqiga ega. Saylovda qatnashmoqchi bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 18 noyabriga qadar o‘z arizasini topshirishi belgilangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:30, 14.10.2026.
O'qildi: 1985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик