Germaniyaning «Shtutgart» klubi himoyachisi Finn Yelch 2026/27 yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng Yevropaning yetakchi jamoalaridan biriga o‘tishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, 20 yoshli futbolchining xizmatlariga Madridning «Real», Kataloniyaning «Barselona», Myunxenning «Bavariya», Londonning «Arsenal» va Milanning «Inter» klublari qiziqish bildirmoqda.
Mazkur beshta klub kelasi yozgi transferlar davrida germaniyalik himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish uchun raqobatga kirishishi mumkin.
Manbaning ta’kidlashicha, ehtimoliy transfer qiymati 50–60 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda.
Finn Yelch 2025 yilning fevral oyidan buyon «Shtutgart» sharafini himoya qilib kelmoqda. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning hozirgi bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.
20 yoshli futbolchining nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda Yelch Germaniya Bundesligasida beshta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.













