Niderlandiya terma jamoasi va Yevropaning bir qator yetakchi klublari sobiq futbolchisi Uesli Sneyder 2026 yilgi «Oltin to‘p» mukofotiga kim munosib ekani haqida o‘z fikrini bildirdi.
Niderlandiyalik sobiq yarim himoyachining fikricha, bu yilgi nufuzli sovrin Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappega topshirilishi kerak.
Sneyder fransiyalik futbolchining mavsum davomidagi individual natijalarini yuqori baholab, uning «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlardan biri ekanini ta’kidladi.
«Mbappe ajoyib mavsum o‘tkazdi. La Liga, Chempionlar ligasi va jahon chempionatida eng yaxshi to‘purar bo‘lgani buning yaqqol isbotidir.
Uning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga umid qilishi uchun barcha asoslar bor», — deya Sneyderning so‘zlarini keltiradi «RB Sport».
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi «Oltin to‘p» mukofotini topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Angliya poytaxti Londonda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu nufuzli individual mukofotga fransiyalik vinger Usmon Dembele sazovor bo‘lgan edi.













