Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/10 12:45 Melburn Viktori 3-0 Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol 5-1 Port
14/10 15:00 Vissel Kobe 2-0 Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib 1-0 Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf 1-2 Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra 2-1 Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK 3-1 Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq 2-0 Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun 2-1 Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy 2-0 An-Nahda
14/10 21:45 LASK 3-6 Liverpul
14/10 21:45 Feyenoord 3-2 Komo
14/10 23:59 Manchester Siti 2-4 PSJ
14/10 23:59 Roma 3-4 Real Madrid
14/10 23:59 Aston Villa 6-0 Fenerbaxche
14/10 23:59 Betis 3-2 Portu
14/10 23:59 Bude-Glimt 1-0 Borussiya D
14/10 23:59 Slovan 0-3 Shtutgart
14/10 23:59 Shaxtyor 3-1 AEK

Sneyder: «O‘sha yillari «Oltin to‘p» Messiga avtomatik tarzda berilardi»

Sneyder: «O‘sha yillari «Oltin to‘p» Messiga avtomatik tarzda berilardi»

Baho:
+ | -1

Niderlandiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Uesli Sneyder 2010 yilgi «Oltin to‘p» mukofoti natijalari haqida yana bir bor fikr bildirdi.

O‘sha yili nufuzli individual sovrin Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga nasib etgan edi. Biroq ko‘plab futbol mutaxassislari 2010 yilda ushbu mukofotga aynan Sneyder munosib bo‘lganini ta’kidlab keladi.

Niderlandiyalik sobiq futbolchi bu boradagi bahs-munozaralarga munosabat bildirib, o‘tmishdagi natijadan xafa emasligini ma’lum qildi.

«Mutaxassislar 2010 yilda Messi meni «Oltin to‘p»dan mahrum qilgani haqida nima deyishidan qat’i nazar, bu men uchun ahamiyatsiz.

Menda zarracha ham afsus yoki xafagarchilik yo‘q. O‘sha yillari «Oltin to‘p» Lionelga go‘yo avtomatik tarzda topshirilardi», — deya Sneyderning so‘zlarini keltiradi «RB Sport».

Eslatib o‘tamiz, Uesli Sneyder 2010 yilda Milanning «Inter» klubi safida tarixiy trebl qayd etgan. Jamoa Italiya chempionati, mamlakat kubogi va Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Shuningdek, niderlandiyalik yarim himoyachi o‘sha yili milliy terma jamoasi bilan Janubiy Afrikada o‘tkazilgan jahon chempionati finaliga qadar yetib borgan.

Shunga qaramay, 2010 yilgi «Oltin to‘p» mukofoti Lionel Messiga topshirilgan edi.

Kiritildi: 13:27, 15.10.2026.
O'qildi: 530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик