«Real» futbolchisi Federiko Valverde Chempionlar ligasida «Roma»ga qarshi uchrashuvning ikkinchi taymida o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasida o‘ynagani haqida fikr bildirdi.
«Bu o‘yinda menga o‘ng qanot himoyasida o‘ynash yoqdi. Murabbiy meni qaysi pozisiyaga qo‘ymasin, o‘sha yerda o‘ynashga tayyorman», — deya Valverdening so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Avvalgi uchrashuv «Real»ning «Roma» ustidan 4:3 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlandi. Valverde maydonda 90 daqiqa harakat qildi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.
18 oktyabr kuni «Real» Ispaniya La Ligasining to‘qqizinchi turida «Sevilya»ni o‘z maydonida qabul qiladi.













