«Atalanta» va «Sevilya» klublarining sobiq futbolchisi Alexandro Gomes «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning Yevropadagi faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Gomesning so‘zlariga ko‘ra, Golovin yuqori saviyadagi futbolchi hisoblanadi.
«Golovin a’lo darajadagi futbolchi, u Fransiya chempionatida barqaror o‘yin namoyish etmoqda. U shu ruhda davom etishiga umid qilaman», — dedi Gomes.
Aleksandr Golovin 2018 yilning yozidan buyon «Monako» safida to‘p tepmoqda. U monegasklar safiga SSKA klubidan o‘tgan.













