«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Gari Nevill moliyaviy qoidabuzarliklar bilan bog‘liq ish sababli hozirda «Manchester Siti» o‘yinlarida ekspert sifatida ishlashda qiynalayotganini aytdi.
«Hozir “Manchester Siti”ning o‘yinlarini sharhlash juda qiyin. Hatto o‘yindan keyin ham: “Bu qandaydir noto‘g‘ri”, deb o‘ylayman», — deya Nevillning so‘zlarini keltiradi The Touchline.
Avvalroq Nevill «Manchester Siti» ishtirokidagi uchrashuvlarda ishlamaslikdan xursand bo‘lishini ham aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, mustaqil komissiya «Manchester Siti» moliyaviy qoidalarni ko‘p marta buzganini aniqlagan. Oktyabr oyi boshida klub ushbu qaror ustidan apellyasiya berdi. Agar apellyasiya qanoatlantirilmasa, «Manchester Siti»ga nisbatan jiddiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin.













