Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Valverde: «Bunday xarakterni ertaroq ko‘rsatishimiz kerak edi»

Valverde: «Bunday xarakterni ertaroq ko‘rsatishimiz kerak edi»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida «Roma» ustidan qozonilgan 4:3 hisobidagi irodali g‘alabadan so‘ng uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Rimda bo‘lib o‘tgan bahs madridliklar uchun nihoyatda murakkab kechdi. «Real» 83-daqiqaga qadar 1:3 hisobida ortda borayotganiga qaramay, uchrashuvning so‘nggi qismida vaziyatni butunlay o‘zgartirib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.

«Dastlab o‘yinni nazorat qilishga qiynaldik»

Valverdening ta’kidlashicha, «Real» uchrashuv boshida o‘z rejalarini maydonda to‘liq amalga oshira olmagan.

«Oson bo‘lmadi. Birinchi bo‘limda o‘yin teng kurashlar ostida kechdi. Raqib dastlabki daqiqalarda xavfli vaziyatlar yaratdi va bizga o‘yin nazoratini qo‘lga olish qiyin bo‘ldi.

Biz ayrim taktik jihatlar ustida ishlagandik, ammo boshida ularni maydonda amalga oshirishning uddasidan chiqa olmadik.

Keyinroq jangovor ruhimizni namoyish etdik va rejalarimizni amalda bajarishga muvaffaq bo‘ldik. Xususan, hujumda raqib bilan yakkama-yakka vaziyatlar yaratishni boshladik», — dedi Valverde.

«O‘z xatolarimiz sabab hisobda ortda qoldik»

Urugvaylik futbolchi jamoasining qiyin vaziyatda ham kurashdan to‘xtamaganidan faxrlanishini ta’kidladi.

«Shunday xarakter ko‘rsata olganimizdan faxrlanaman. Ammo buni ertaroq amalga oshirganimizda, o‘yindan ancha ko‘proq zavq olgan bo‘lardik.

O‘z xatolarimiz sabab hisobda ortda qoldik va natijada vaziyatni o‘nglashimizga to‘g‘ri keldi.

Maydonga tushgan barcha futbolchilar katta ishtiyoq va kuchli energiya bilan harakat qildi», — dedi yarim himoyachi.

Endrikning o‘yiniga yuqori baho

Valverde uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Endrik haqida ham fikr bildirdi.

«Endrik eng yaxshi futbolchi deb topildimi? Aynan uning bu e’tirofga sazovor bo‘lganidan xursandman.

Murabbiy jamoadagi barcha futbolchilarga ehtiyoj sezishini doim ta’kidlab keladi. Ayniqsa, kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan futbolchilarning ahamiyatini alohida qayd etadi.

Bugungi uchrashuv bu so‘zlarning naqadar to‘g‘ri ekanini isbotladi», — deya Valverdening so‘zlarini keltiradi Movistar.

Qayd etish joiz, «Real» Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining dastlabki ikki turida ikkita g‘alabaga erishib, olti ochko jamg‘ardi.

Kiritildi: 16:42, 15.10.2026.
O'qildi: 736 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик