“Real Madrid” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Vinisius Juniorning Ispaniya chempionatidagi to‘rtta o‘yinga diskvalifikasiya qilinganiga munosabat bildirdi. Braziliyalik hujumchi La Liganing 8-turida “Vilyarreal”ga qarshi uchrashuvda (1:0) raqib futbolchisi Natan-Dilan Salibaning sochidan tortgani uchun qizil kartochka olgan edi.
“Biror futbolchiga o‘yin boshlanishiga bir soat qolganida to‘rtta uchrashuvga diskvalifikasiya qilingani haqida xabar berish to‘g‘rimi? Bu normal holatmi? Nega buni hozir, “Roma”ga qarshi Chempionlar Ligasi o‘yinidan keyin yoki ertaga ertalab e’lon qilish mumkin emasdi? U bu xabarni avtobusda eshitishi shartmidi? Ispaniya Qirollik futbol federasiyasida vijdon qolmagan. Ular endi o‘zlarini yashirishga ham urinmayapti. Uchrashuvga bir soat qolganida futbolchini ruhiy tomondan sindirishga harakat qilishdi. Nima uchun? U Ispaniya klubida o‘ynaydi-ku, nega unga zarar yetkazishga urinish kerak?”, deya Mourinyoning so‘zlarini Madrid Xtra nashri keltirdi.
Ma’lumot uchun, Vinisius La Ligadan o‘rin olgan “Sevilya”, “Barselona”, “Rasing” va “Valensiya”ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.













