Futbol insayderi Fabrisio Romano Madridning “Real” klubi 2027 yilda himoya chizig‘ini kuchaytirish rejalari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, u o‘tgan yozgi transferlar bilan bog‘liq tafsilotlarni ham ochiqladi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “qirollik klubi” rahbariyati 2027 yilda kamida bitta jahon darajasidagi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashni asosiy vazifa qilib belgilagan.
Shuningdek, jurnalistning ta’kidlashicha, o‘tgan yozda “qaymoqranglilar” “Inter”ning asosiy himoyachisi Alessandro Bastoni hamda “Manchester Siti” himoya yetakchisi Ruben Diash nomzodlarini jiddiy ko‘rib chiqqan.
Biroq Madrid klubi italiyalik va portugaliyalik futbolchilarning qimmat transferlaridan voz kechgan. Buning o‘rniga fransuz himoyachisi Ibraima Konate bilan shartnoma imzolashga qaror qilingan. U klubga erkin agent sifatida, ya’ni transfer puli to‘lanmasdan kelib qo‘shilgan.













