«Atalanta» bosh murabbiyi Maurisio Sarri futbol uchrashuvlari taqvimining haddan tashqari tig‘izligi muammosi haqida fikr bildirdi.
«Futbolchilar mantiqsiz va bema’ni taqvimning salbiy ta’siriga duch kelmoqda. Bu hafta mushak jarohatlari juda ko‘p bo‘ldi. UEFA va FIFAga shikoyat qilish kerak.
Italiya futbolchilar assosiasiyasi (Italiyada futbolchilar manfaatlarini himoya qiluvchi professional kasaba uyushmasi — tahririyat izohi) nega hech narsa demayapti va sukut saqlayotgani meni hayron qoldirmoqda», — deya Sarrining so‘zlarini keltirdi jurnalist Nikolo Skira o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Italiya chempionatining olti turidan keyin «Atalanta» to‘qqiz ochko jamg‘argan va turnir jadvalining 10-pog‘onasini egallab turibdi.













