Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 16:30 Everton 0-2 Chelsi
17/10 17:00 Espanyol 0-1 Atletiko
17/10 18:00 Lokomotiv 0-0 Nasaf
17/10 18:00 Venetsiya 1-0 Napoli
17/10 19:00 Dinamo 1-2 Buxoro
17/10 19:00 Navbahor 1-1 Paxtakor
17/10 19:00 Fulhem 1-0 Xall Siti

"Chelsi" APLda bor-yo‘g‘i 29 daqiqa o‘ynagan hujumchisiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

"Chelsi" APLda bor-yo‘g‘i 29 daqiqa o‘ynagan hujumchisiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

Baho:
+6 | -

Londonning "Chelsi" klubi braziliyalik hujumchi Estevao Villian bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso qo‘l ostida futbolchi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganiga qaramay, klub rahbariyati unga ishonch bildirishda davom etmoqda.

Ta’kidlash joiz, iqtidorli hujumchining "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilga qadar mo‘ljallangan. Shunga qaramasdan, londonliklar futbolchi bilan kelishuv shartlarini yangilashdan manfaatdor.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, klub rahbariyati braziliyalik futbolchining tirishqoqligi va qat’iyatini munosib rag‘batlantirishni istamoqda. Shu orqali "Chelsi" Estevaoga bo‘lgan ishonchini yana bir bor namoyish etishni maqsad qilgan.

Estevao joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasining beshta uchrashuvida maydonga tushgan, biroq hozircha gol yoki golli uzatma qayd eta olmagan.

Kiritildi: 10:33, 16.10.2026.
O'qildi: 735 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик