«Barselona»ning sobiq futbolchisi va Braziliya terma jamoasi afsonasi Rivaldo «PSJ» darvozaboni Matvey Safonovning yilning eng yaxshi darvozaboni sovrinini qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
«Matvey — dunyoning eng yaxshi darvozaboni bo‘lish uchun asosiy favorit. Chempionlar ligasidagi g‘alaba va hal qiluvchi uchrashuvlardagi seyvlar uning foydasiga jiddiy dalil bo‘la oladi. Rossiyalik darvozabonning yagona raqibi Unay Simon bo‘ladi», — deya Rivaldoning so‘zlarini keltirmoqda «RB Sport».
Eslatib o‘tamiz, Safonov nufuzli sovrin uchun kurash olib borayotgan o‘n nafar nomzod ro‘yxatidan joy olgan.
Dunyoning eng yaxshi darvozaboni nomi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan «Oltin to‘p»ni topshirish marosimida e’lon qilinadi.













