"Daniel Farke fantastik ish olib bordi. Jamoaning o‘tgan mavsum boshidan buyon bosib o‘tgan yo‘li, qanday o‘zgargani va qayd etgan natijalarini hisobga olsak, u haqiqatan ham kuchli jamoaga aylanganini ko‘rish mumkin. Bu Daniel va uning murabbiylar shtabi mehnati samarasidir.
Bizning o‘zaro raqobatimiz katta, klublar va hududlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik tarixi ham boy. Aynan shu jihatlar bunday uchrashuvlarni alohida ahamiyatga ega qiladi.
Biz bu tarix va raqobatni qadrlashimiz kerak. Yakshanba kuni stadionda ajoyib muhit hukm suradi va biz bunga tayyor bo‘lamiz", — dedi Kerrik matbuot anjumanida.













