Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Anvar G‘ofurov: «Yigitlarning ko‘rsatgan o‘yinidan e’tirozim yo‘q»

Anvar G‘ofurov: «Yigitlarning ko‘rsatgan o‘yinidan e’tirozim yo‘q»

Baho:
+ | -

"Surxon" bosh murabbiyi Anvar G‘ofurov Superliganing 24-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Xorazm"ga qarshi uchrashuvdan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikrlaringiz?

— Assalomu alaykum. Bugungi o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, har ikki jamoa ham ochko qo‘lga kiritish uchun harakat qildi. Uchrashuv davomida yetarlicha vaziyatlar yaratildi. Biroq ayrim holatlarda futbolchilarimizga sovuqqonlik yetishmayapti, deb o‘ylayman.

Yigitlarning ko‘rsatgan o‘yinidan e’tirozim yo‘q. Ular yaxshi harakat qilishdi va yetarlicha vaziyatlar yaratishdi. Ishonamanki, mehnatlarimiz albatta ijobiy natijalar bilan o‘z aksini topadi.

Men futbolga biroz boshqacha qarayman. O‘yinning sur’ati, dinamikasi va yuzaga kelayotgan vaziyatlar muhim. Futbolda bunday holatlar bo‘lib turadi. Ayrim vaziyatlarda sovuqqonlik yetishmayotganini tan olishimiz kerak.

Shu bilan birga, raqib jamoa ham yaxshi murabbiylar shtabi va malakali futbolchilarga ega. Ular so‘nggi uchrashuvlarda ham yaxshi taassurot qoldirishmoqda. Raqib jamoaga kelgusi o‘yinlarda omad tilayman.

Bizni qo‘llab-quvvatlash uchun Termizdan uzoq masofani bosib kelgan muxlislarimizga alohida minnatdorlik bildiraman. Ularning bizga bo‘lgan ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi juda muhim. Biz ham muxlislarimiz uchun maydonda bor kuchimizni ishga solib, ijobiy natijalarga erishishga harakat qilamiz.

Manba: @FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 07:05, 17.10.2026.
O'qildi: 591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик