Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor 1-3 An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

O‘FA va OFK rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish hamda istiqbolli loyihalarni muhokama qilish maqsadida Osiyo futbol konfederasiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa boshchiligidagi OFK delegasiyasi mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Bugun Milliy futbol markazida O‘FA prezidenti Bahodir Qurbonov, sport vaziri Adham Ikramov, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov hamda OFK delegasiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda OFK va O‘FA o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan keng qamrovli hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda ikki tomonlama hamkorlik sezilarli darajada faollashgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining futbolni rivojlantirishga qaratilgan qarorlari va tashabbuslari mamlakatimizda ushbu sport turini yanada ommalashtirish hamda infratuzilmani yaxshilashga ulkan turtki berayotgani qayd etildi.

Shuningdek, futbol mamlakatimizda davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri ekani, milliy terma jamoamizning Jahon chempionatida ishtirok etishi xalqimiz uchun katta bayramga aylangani ta’kidlandi.

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa O‘zbekiston konfederasiyaning eng yaqin hamkorlaridan biri ekanini e’tirof etdi. Shuningdek, mamlakatimizda yoshlar va ayollar o‘rtasidagi qit’a musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilganini ta’kidlab, kelasi yili O‘zbekiston va Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan FIFA U-20 Jahon chempionati ham yuqori saviyada o‘tkazilishiga ishonch bildirdi.

Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni keng qamrovda davom ettirishga kelishib oldilar.

OFK prezidenti, shuningdek, Milliy futbol markazida raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar va joriy etilgan tizimlar bilan tanishadi.

Manba: @FAUzbekistan
Kiritildi: 13:53, 17.10.2026.
O'qildi: 936 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик