18 oktyabr kuni Indoneziyada OFK Challenge League musobaqasining guruh bosqichi doirasida «Borneo» va «Yangon Yunayted» jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvda o‘zbekistonlik hakamlar faoliyat yuritadi.
Bosh hakam: Akobirxo‘ja Shukrullayev
Yordamchi hakam: Sanjar Shoyusupov
Shuningdek, OFK Challenge League musobaqasining guruh bosqichi uchrashuvlarida ishlash uchun o‘zbekistonlik hakamlar Abdurashid Xudoyberganov va Alisher Usmonov ham Myanmaga yetib bordi.













