«Menimcha, Afrika Millatlar kubogini har ikki yilda bir marta o‘tkazish tartibiga qaytish a’lo qaror bo‘ladi. Turnir avvalgidek o‘tkazilishi kerak. To‘rt yil juda uzoq muddat, ammo bu mening shaxsiy fikrim», — dedi fransiyalik mutaxassis Afrik-Foot nashriga bergan intervyusida.
Kot-d’Ivuar terma jamoasi bosh murabbiyi Erve Renar Afrika Millatlar kubogini avvalgi formatga qaytarish, ya’ni musobaqani har ikki yilda bir marta o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Avvalroq Afrika futbol konfederasiyasi (CAF) turnirni har to‘rt yilda bir marta o‘tkazish formatiga o‘tishga qaror qilgan edi. Biroq endi bu masala qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.













