«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal Ispaniya chempionatining 9-turida «Betis» darvozasiga jarima maydonchasi tashqarisidan ajoyib gol urdi. Bu uning 2023/2024 yilgi mavsumdan buyon La Ligada uzoq masofadan kiritgan 10-goli bo‘ldi.
Ushbu davrda Ispaniya chempionatida Yamaldan ko‘proq gol urgan yagona futbolchi — Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe hisoblanadi. Fransiyalik futbolchi jarima maydonchasi tashqarisidan 11 ta gol kiritgan.
Endilikda Yamal va Mbappe o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun bevosita raqobatlashishi mumkin. Sababi, «Barselona» keyingi turda aynan «Real» bilan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» «Betis»ni 5:2 hisobida mag‘lub etgan uchrashuvda Yamal 10-daqiqada hisobni ochgan edi.













