"Roma" Italiya A Seriyasining 7-turida "Jenoa"ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, "Real"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘zini o‘nglab oldi. Rim klubi bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperinining fikricha, uchrashuvning eng muhim jihati aynan jamoaning avvalgi muvaffaqiyatsizlikka munosib javob qaytara olgani bo‘ldi.
"Jenoa"ga qarshi juda murakkab uchrashuv o‘tkazdik. Raqib bizga taktik jihatdan jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirdi.
Birinchi bo‘lim og‘ir kechdi, ammo biz vaziyatga juda yaxshi moslashdik va ikkinchi bo‘limni ajoyib darajada o‘tkazdik.
Tarkibimizda ko‘plab futbolchilar yo‘q edi. Biroq ularning o‘rniga juda yosh va iqtidorli yigitlar maydonga tushishdi. Aslida, men ularning nimalarga qodir ekanini avvaldan yaxshi bilardim.
Biz qiyinchiliklar oldida dovdirab qolmasligimizga ishongandim. Ayniqsa, avvalgi uchrashuvda sodir bo‘lgan voqealarni hisobga olsak, bu juda muhim edi", — deya Gasperinining so‘zlarini keltiradi forzaroma.info nashri.
Eslatib o‘tamiz, "Roma" so‘nggi bor 2001 yilda Italiya chempioni bo‘lgan edi.













