"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoasining Ispaniya La Ligasidagi mavsum boshida qayd etayotgan muvaffaqiyatlari haqida fikr bildirdi.
Kataloniyaliklar joriy Ispaniya chempionatidagi dastlabki to‘qqizta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonishdi. Shu tariqa, "ko‘k-anorranglilar" 1960-yillar oxirida mavsumni ketma-ket to‘qqizta g‘alaba bilan boshlagan Madridning "Real" klubi rekordini takrorlashdi.
Matbuot anjumanida Flikka quyidagi savol berildi:
— Siz klub tarixidagi eng yaxshi startni qayd etmoqdasiz. Bu haqda qanday fikrdasiz?
"Rekordlar, albatta, yoqimli, ammo ular bizni qiziqtirmaydi. Bizning asosiy maqsadimiz — sovrinlarni qo‘lga kiritish. Mavsum yakunida chempionlik va boshqa unvonlarni qo‘lga kirita olamizmi yoki yo‘qmi, ko‘ramiz", — deya Flikning so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.
Eslatib o‘tamiz, shanba kuni "Barselona" Ispaniya chempionati doirasida safarda "Betis"ni 5:2 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.













