Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Flik: «O‘ynamayotgan futbolchilarning norozi bo‘lishi tabiiy hol»

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya La Ligasining 9-turi doirasida «Betis» ustidan safarda qozonilgan 5:2 hisobidagi g‘alabani sarhisob qildi.

«O‘ylashimcha, hujumda juda yaxshi va yuqori shiddat bilan harakat qildik. O‘yin oson kechmadi. «Betis» ham ajoyib o‘yin namoyish etdi. Menimcha, biz g‘alabaga munosib edik», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.

«Mashg‘ulotlarda standart vaziyatlar ustida ishlash juda muhim. Ikkinchi golimiz katta ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki u birinchi bo‘lim tugashidan oldin urildi. Standart vaziyatlar uchun mas’ul mutaxassislar o‘z vazifalarini yaxshi bajarishmoqda.

Har kuni bir xil holatga duch kelamiz. Maydonga tushmayotganidan norozi futbolchilar bor va bu tabiiy hol. Ushbu klubda, ushbu jamoada har bir futbolchi maydonga tushish va o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Jamoada ajoyib muhit hukm surmoqda. Barcha futbolchilar mashg‘ulotlarda juda yuqori saviya namoyish etishmoqda», — dedi Flik.

Ayni paytda «Barselona» 27 ochko bilan Ispaniya La Ligasi musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Kataloniyaliklar navbatdagi uchrashuvini 20 oktyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida «PSJ»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 12:49, 18.10.2026.
O'qildi: 598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик