Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 19:00 Navbahor 3-1 G'azalkent
21/10 21:45 Lill 2-4 Galatasaroy
21/10 21:45 Komo 4-1 Man. Yunayted
21/10 23:00 Levante 3-1 Atletik Bilbao
21/10 23:59 Bavariya 2-2 Arsenal
21/10 23:59 Real Madrid 4-1 RB Leypsig
21/10 23:59 Inter 1-0 Shaxtyor
21/10 23:59 Aston Villa 3-1 Viking
21/10 23:59 Betis 1-0 Feyenoord
21/10 23:59 Bryugge 3-0 Lans
21/10 23:59 Sporting 2-3 LASK
22/10 18:30 Bunyodkor - Mash’al
23/10 19:00 Paxtakor - Neftchi
23/10 19:00 Buxoro - Surxon
23/10 23:45 Torino - Monsa
24/10 00:00 Alaves - Malaga
24/10 00:00 Ipsvich - Nottingem Forest

Erik Garsiya jarohat oldimi? Flik vaziyatga oydinlik kiritdi

Erik Garsiya jarohat oldimi? Flik vaziyatga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -

«Barselona» o‘z muxlislarini xursand qilishda davom etmoqda. Shanba kuni kechqurun Xans-Diter Flik shogirdlari Ispaniya chempionati doirasida «Betis»ni safarda 5:2 hisobida mag‘lub etishdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida kataloniyaliklar himoyachisi Erik Garsiya majburiy ravishda maydonni tark etdi. E’tiborlisi, futbolchining o‘zi ham avvalroq zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan edi. Maydondan chiqayotgan Garsiya sonining old qismini ushlab olgani kuzatildi.

«Hozircha kutishimiz va vaziyatni kuzatishimiz kerak. Ammo o‘ylashimcha, bu shunchaki lat yeyish bo‘lishi mumkin. Batafsil ma’lumotni keyinroq olamiz. Erikni almashtirishga majbur bo‘ldik», — dedi Flik matbuot anjumanida.

Qayd etish joiz, «Barselona» 2026/2027 yilgi mavsumda hozirgacha o‘tkazgan barcha 11 ta rasmiy uchrashuvida g‘alaba qozongan. Kataloniyaliklar Ispaniya chempionatida to‘qqizta, Chempionlar ligasida esa ikkita o‘yinda zafar quchishgan.

Kelasi hafta «Barselona»ni ikkita muhim uchrashuv kutmoqda. Jamoa 20 oktyabr kuni Chempionlar ligasida «PSJ»ga qarshi maydonga tushsa, 25 oktyabrda Ispaniya chempionati doirasida Madridning «Real» klubi bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 12:52, 18.10.2026.
O'qildi: 853 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик