«Orlando Siti» hujumchisi Antuan Grizmann AQSH Oliy futbol ligasi (MLS) doirasida «Di Si Yunayted»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda ikkita gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Mazkur bahs «Orlando»ning 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
35 yoshli fransuz futbolchisi shu tariqa MLSdagi ketma-ket to‘rtta uchrashuvda samarali harakat qayd etdi. Grizmann ushbu davr mobaynida to‘rtta gol urib, uchta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
«Atletiko» va «Barselona» klublarining sobiq hujumchisi joriy mavsumda MLS doirasida jami 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.













