Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

«Galatasaroy» Brunu Fernandesh uchun Leroy Saneni qurbon qilishga tayyor

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh qishki transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin. Portugaliyalik yarim himoyachining shartnomasi bilan bog‘liq noaniqliklar fonida Turkiyaning «Galatasaroy» klubi uni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

The Peoples Person nashrining Turkiyaning Fanatik gazetasiga tayanib xabar berishicha, Fernandesh «Manchester Yunayted»ning hozirgi rivojlanish yo‘nalishidan norozi. Futbolchi klub rahbariyati jamoaning kelajagi borasida aniqroq reja va maqsadlarni taqdim etishi kerak, deb hisoblamoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik yarim himoyachi «Manchester Yunayted»ning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini rad etgan va yanvar oyida klubni tark etish istagini bildirgan.

O‘z navbatida, «Galatasaroy» Brunu Fernandeshni o‘z safiga qo‘shib olish uchun tarkibda o‘zgarishlar qilishga tayyor.

Xabar qilinishicha, Istanbul klubi portugaliyalik futbolchiga joy bo‘shatish maqsadida germaniyalik qanot hujumchisi Leroy Sanening ketishiga rozi bo‘lishi mumkin.

Biroq Fernandeshning kelajagi hozircha noaniqligicha qolmoqda.

The Peoples Person nashri futbolchining «Manchester Yunayted»dan ketishi haqidagi xabarlar hozircha taxminlarga asoslanganini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, avvalgi ma’lumotlarda Fernandesh va mankunianliklar o‘rtasida yangi shartnoma borasidagi muzokaralar hamon davom etayotgani aytilgan.

Shu sababli 31 yoshli portugaliyalik yarim himoyachining qishki transferlar oynasida «Galatasaroy»ga o‘tishi hozircha tasdiqlanmagan.

Kiritildi: 16:44, 18.10.2026.
O'qildi: 1130 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик