«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Roy Kin «Arsenal»ning Angliya Premyer-ligasi 7-turida «Nottingem Forest» ustidan qozongan g‘alabasiga baho berdi.
Londonliklar safarda o‘tkazilgan uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bahsning yagona golini 80-daqiqada qanot hujumchisi Noni Madueke kiritdi.
Roy Kinning fikricha, «Arsenal» o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish etmagan bo‘lsa-da, chempionlarga xos xususiyatlarni ko‘rsata olgan.
«Nottingem Forest» futbolchilari bor kuchlarini ishga solishdi, jangovor ruh va qat’iyat namoyish etishdi.
Biroq «Arsenal» o‘yin sifati borasida biroz ustunlikka ega edi. Ularning zaxira o‘rindig‘ida ham yaxshi variantlar bor edi.
«Arsenal» o‘zining eng yaxshi holatida bo‘lmaganiga qaramay, g‘alaba qozonib, haqiqiy chempionlarga xos o‘yin ko‘rsatdi», — dedi Kin Sky Sports efirida.
Qayd etish joiz, Mikel Arteta boshchiligidagi «Arsenal» ayni paytda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Londonliklar chempionat peshqadami «Manchester Siti»dan uch ochko ortda qolmoqda.













