Ispaniya La Ligasining 9-turi doirasida «Malaga» o‘z maydonida «Real Sosyedad»ni qabul qildi. Sermahsul kechgan uchrashuv mehmonlarning 5:2 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
Malaga shahridagi «La Rosaleda» stadionida o‘tkazilgan bahsni bosh hakam Lyuis Bestard Servera boshqardi.
Uchrashuvning 3-daqiqasida «Real Sosyedad» qanot hujumchisi Takefusa Kubo hisobni ochdi.
26-daqiqada Orri Ouskarsson mehmonlarning ustunligini oshirib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Ikkinchi bo‘limda «Malaga» futbolchilari hisobdagi farqni qisqartirishga harakat qilishdi. 54-daqiqada Adrian Ninyo mezbonlarning birinchi golini kiritdi.
Biroq oradan besh daqiqa o‘tgach, Mikel Oyarsabal «Real Sosyedad»ning uchinchi goliga mualliflik qildi.
66-daqiqada «Malaga» yarim himoyachisi Pablo Martines hisobni 2:3 ko‘rinishiga keltirib, uchrashuvdagi intrigani qayta tikladi.
Ammo bir daqiqa o‘tar-o‘tmas Oyarsabal yana raqib darvozasini ishg‘ol etib, dubl qayd etdi.
73-daqiqada esa Gonsalu Gedesh mehmonlarning beshinchi golini kiritib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi — 5:2.
Qayd etish joiz, «Real Sosyedad» safida rossiyalik yarim himoyachi Arsen Zaxaryan butun uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng San-Sebastyan klubi 9 ta uchrashuvda 16 ochko jamg‘argan holda Ispaniya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
«Malaga» esa 4 ochko bilan so‘nggi pog‘onada joylashgan.
Ispaniya La Ligasi. 9-tur.
18 oktyabr, 21:30 (Toshkent vaqti).
«Malaga» — «Real Sosyedad» — 2:5
Gollar: Adrian Ninyo (54), Pablo Martines (66) — Takefusa Kubo (3), Orri Ouskarsson (26), Mikel Oyarsabal (59, 67), Gonsalu Gedesh (73).













