Turkiya Superligasining 8-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Istanbul Bashakshehir» o‘z maydonida «Gaziantep»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov uchrashuvning bosh qahramonlaridan biri bo‘ldi. U hisobni ochdi va g‘alaba goliga mualliflik qilgan Umut Gyuneshga golli uzatma berdi. O‘yin videosharhi bilan quyida tanishib olishingiz mumkin.













