Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 19:00 Navbahor 3-1 G'azalkent
21/10 21:45 Lill 2-4 Galatasaroy
21/10 21:45 Komo 4-1 Man. Yunayted
21/10 23:00 Levante 3-1 Atletik Bilbao
21/10 23:59 Bavariya 2-2 Arsenal
21/10 23:59 Real Madrid 4-1 RB Leypsig
21/10 23:59 Inter 1-0 Shaxtyor
21/10 23:59 Aston Villa 3-1 Viking
21/10 23:59 Betis 1-0 Feyenoord
21/10 23:59 Bryugge 3-0 Lans
21/10 23:59 Sporting 2-3 LASK
22/10 18:30 Bunyodkor - Mash’al
23/10 19:00 Paxtakor - Neftchi
23/10 19:00 Buxoro - Surxon
23/10 23:45 Torino - Monsa
24/10 00:00 Alaves - Malaga
24/10 00:00 Ipsvich - Nottingem Forest

Messi MLSdagi eng chiroyli gollaridan birini urdi (+Video)

Messi MLSdagi eng chiroyli gollaridan birini urdi (+Video)

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi AQSHning MLS chempionatida yana bir ajoyib goli bilan e’tibor markaziga tushdi.

Argentinalik futbolchi «Atlanta Yunayted»ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etib, jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Ayniqsa, Messining mazkur bahsdagi birinchi goli tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu golni futbolchining Shimoliy Amerikadagi faoliyati davomida urgan eng chiroyli gollaridan biri sifatida baholash mumkin.

Messi to‘pni maydon markaziga yaqin hududda qabul qilib, o‘ziga xos uslubda — tezkor va qisqa qadamlar bilan raqib darvozasi tomon harakatlandi.

Jarima maydonchasiga yaqinlashgach, argentinalik hujumchi jamoadoshi bilan devor usulida kombinasiya tashkil qildi.

Biroq sherigi kutilmaganda joyida to‘xtab qolib, Messining yo‘lida to‘siqqa aylandi. Shunga qaramay, tajribali futbolchi uni xuddi mashg‘ulotdagi to‘siqni aylanib o‘tgandek osonlik bilan chetlab o‘tdi.

Shundan so‘ng Messi gavdasi bilan mohirona aldamchi harakat bajarib, so‘nggi himoyachini ham ortda qoldirdi.

Hujum yakunida u o‘ta aniq zarba yo‘llab, to‘pni «Atlanta Yunayted» darvozaboni yonidan to‘rga joyladi.

Shu tariqa, Messi navbatdagi dublini rasmiylashtirish bilan birga, MLSdagi faoliyatining eng esda qolarli gollaridan biriga ham mualliflik qildi.

Kiritildi: 08:34, 19.10.2026.
O'qildi: 1757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик