Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Gattuzo «Yuventus» ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng: «Yagona yo‘l — tinimsiz mehnat»

Baho:
+ | -

«Lasio» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Italiya A Seriyasining 7-turida «Yuventus» ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Rimliklar Turinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbonlarni 3:0 hisobida mag‘lub etib, kutilmagan natija qayd etishdi.

Gattuzo tarixiy g‘alabadan mamnun ekanini yashirmadi. Biroq mutaxassis jamoa muvaffaqiyatdan keyin ham o‘z ustida ishlashni to‘xtatmasligi kerakligini ta’kidladi.

«Biz bu tarixiy oqshomdan quvonamiz, ammo oldinga qadam-baqadam, kunma-kun harakat qilishimiz kerak.

Men hali futbolchilarimni juda yaxshi bilib ulgurganim yo‘q. Chunki ular bilan bor-yo‘g‘i uch oydan beri ishlayapman.

Bizning oldimizda faqat bitta yo‘l bor — tinimsiz mehnat.

O‘zimiz istagan futbolni namoyish etish uchun mashg‘ulotlarda bor kuchimizni berishimiz shart. Chunki ixtiyorimizda boshqa tarkib yo‘q.

Agar hozir turnir jadvaliga qarab, o‘zimizni qandaydir alohida jamoa deb hisoblay boshlasak, xato qilgan bo‘lamiz.

Hali oldimizda juda ko‘p ish bor», — deya Gattuzoning so‘zlarini keltiradi cittaceleste.it.

Qayd etish joiz, «Lasio» ayni paytda Italiya A Seriyasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 08:52, 19.10.2026.
O'qildi: 765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик