«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining joriy mavsumdagi natijalaridan mamnun ekanini bildirdi.
Londonliklar Angliya Premyer-ligasining 7-turida «Nottingem Forest» mehmoni bo‘lib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv taqdirini 80-daqiqada Noni Madueke tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi.
«Jahon chempionati va undan keyingi barcha jarayonlarni hisobga olsak, 11 ta uchrashuvning 10 tasida g‘alaba qozonganimiz juda yaxshi ko‘rsatkich.
Menimcha, bu jamoamiz hozirda yaxshi holatda ekanini ko‘rsatadi. Biz oldimizga juda katta maqsadlarni qo‘yganmiz», — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi The Touchline.
Ayni paytda «Arsenal» APLning 7 turidan keyin 18 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. 21 ochko jamg‘argan «Manchester Siti» esa turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













