Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Spalletti «Lasio»dan uchralgan mag‘lubiyatdan g‘azabda

Baho:
+ | -

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti Italiya A Seriyasining 7-turida «Lasio»dan qabul qilingan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng shogirdlarining o‘yinini keskin tanqid qildi.

Diskvalifikasiya sabab zaxira o‘rindig‘ida bo‘lmagan mutaxassis o‘rnida jamoani uning yordamchisi Marko Domenikini boshqardi.

«Bu biz ko‘rishga o‘rgangan “Yuventus” emasdi. Jamoa o‘yinni nazorat qila olmadi, hujumlarni qanday rivojlantirishni ham bilmadi. Buni hatto o‘zimiz ham tushuntirishga qiynalyapmiz.

Juma kuni Vigodan tonggi soat to‘rtda qaytdik va futbolchilarga tiklanish uchun vaqt berdik. Asosiy tarkibda oltita o‘zgarish qildik, ammo jamoa ham jismoniy, ham taktik jihatdan juda sust harakat qildi.

Futbolda raqibni va to‘pni ko‘rib turib, vaziyatlarga kech munosabat bildirsangiz, xarakter va shiddat namoyish etmasangiz, hech qanday taktika yoki sxema yordam bermaydi.

Menga o‘yin sur’atining pastligi, g‘oyalar, harakat va kurashish istagining yo‘qligi yoqmadi. Yakkakurashlardagi zaifligimiz, biror ish o‘xshamaganda futbolchilarning tushkunlikka tushib qolishi ham meni qoniqtirmadi.

Endi barchasini jiddiy tahlil qilishimiz kerak. Yo futbolchilar bilan muloqot uslubimizni, yoki ishlash metodimizni o‘zgartirishimiz shart. Nimanidir o‘zgartirish zarurligi aniq.

Bunday o‘yin men uchun ham kutilmagan holat bo‘ldi. Doim futbolchilar bilan ochiq muloqot qilishga va yaxshi munosabat o‘rnatishga harakat qilganman. Balki jamoa bilan munosabatlarimni ham qayta ko‘rib chiqishim kerakdir.

Futbolchilarning o‘zlari ham bugun talab darajasida o‘ynamaganimizni tan olishmoqda», — deya Spallettining so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Eslatib o‘tamiz, «Lasio»ning g‘alabasini Nilsen, Isaksen va Dele-Bashiruning gollari ta’minladi.

Mazkur mag‘lubiyatdan keyin «Yuventus» 7 ta uchrashuvda 11 ochko jamg‘argan holda Italiya chempionati turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 13:05, 19.10.2026.
O'qildi: 679 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик