«Bornmut» rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Aleks Skottning transfer qiymatini yanada oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Football Insider nashrining xabar berishicha, 23 yoshli futbolchining so‘nggi paytlardagi muvaffaqiyatli o‘yinlari va Angliya terma jamoasida debyut qilgani uning narxi ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Avvalroq «Bornmut» Skottni 118 million yevroga baholagandi. Biroq endi klub ushbu miqdordan ham yuqoriroq mablag‘ talab qilishi ehtimoldan xoli emas.
Futbolchining transfer qiymati oshishiga «Liverpul» va «Chelsi» tomonidan bildirilayotgan jiddiy qiziqish ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Joriy mavsumda Skott barcha musobaqalarda 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.













