«Nyukasl» rahbariyati jamoaning joriy mavsumdagi qoniqarsiz natijalariga qaramay, bosh murabbiy Mattias Yayssleni lavozimidan ozod etishni rejalashtirmayapti.
TEAMtalk nashrining xabar berishicha, klub mutasaddilari 38 yoshli mutaxassisga tarkibni qayta shakllantirish va jamoa o‘yinini yaxshilash uchun yetarlicha vaqt berish niyatida.
«Nyukasl» Angliya Premyer-ligasining dastlabki yetti turida 8 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.
So‘nggi uchrashuvlarda ham jamoa kutilgan natijalarga erisha olmadi. «Hakkalar» avval «Koventri»dan 1:4 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, o‘tgan dam olish kunlari «Aston Villa»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bu natijalar ayrim muxlislarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Ular Yaysslening iste’fosini talab qila boshlagan.
Biroq klub rahbariyati yozgi transfer oynasida Sandro Tonali, Entoni Gordon va Brunu Gimarayns jamoani tark etganidan keyin qiyinchiliklar yuzaga kelishini oldindan kutgan.
Shu sababli «Nyukasl» hozircha bosh murabbiyni almashtirishga shoshilmaydi va Yaysslega vaziyatni o‘nglash uchun imkoniyat berishda davom etadi.













