Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Pedri "PSJ"ga qarshi o‘yin oldidan raqibning kuchli tomonlarini aytdi

Pedri "PSJ"ga qarshi o‘yin oldidan raqibning kuchli tomonlarini aytdi

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri Chempionlar ligasida "PSJ"ga qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan Fransiya klubining o‘yin uslubiga baho berdi.

Kataloniyaliklar 20 oktyabr kuni musobaqa umumiy bosqichining 3-turida Parij jamoasi mehmoni bo‘ladi.

O‘yinoldi matbuot anjumanida Pedri raqibning hujumdagi salohiyati va to‘p nazoratiga asoslangan o‘yinini alohida e’tirof etdi.

"Ularning kuchli jihatlari juda ko‘p. Hujum chizig‘ida uchrashuv taqdirini hal qila oladigan futbolchilar bor.

Maydon markazida esa to‘pga egalik qilish orqali o‘yinni nazorat etishni yaxshi ko‘rishadi.

"PSJ" juda kuchli jamoa va bizga o‘z maqsadimizga osonlikcha erishish imkonini bermaydi. Ularga munosib qarshilik ko‘rsatish uchun juda yuqori saviyada o‘ynashimiz kerak", — dedi Pedri.

Eslatib o‘tamiz, "PSJ" Chempionlar ligasining dastlabki ikki turida "Slovan"ni 6:1, "Manchester Siti"ni esa 4:2 hisobida mag‘lub etdi.

"Barselona" ham musobaqani ikkita yirik g‘alaba bilan boshladi. Hans-Diter Flik shogirdlari "Feyenoord"ni 5:1, "Galatasaroy"ni 4:1 hisobida yengdi.

"PSJ" va "Barselona" o‘rtasidagi uchrashuv 21 oktyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 22:07, 19.10.2026.
O'qildi: 692 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик