Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem - Koventri Siti
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Xyoness: "Atletiko"ga qarshi o‘z kuchimizni sinab ko‘rmoqchimiz"

Xyoness: "Atletiko"ga qarshi o‘z kuchimizni sinab ko‘rmoqchimiz"

Baho:
+ | -

"Shtutgart" bosh murabbiyi Sebastyan Xyoness Chempionlar ligasida Madridning "Atletiko" klubiga qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan raqibning imkoniyatlarini yuqori baholadi.

Nemis mutaxassisning ta’kidlashicha, Ispaniya jamoasi Yevropaning eng kuchli klublari qatoriga kiradi va unga qarshi bahs "Shtutgart" uchun jiddiy sinov bo‘ladi.

"Atletiko" Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri. Biz Chempionlar ligasida aynan shunday raqiblarga qarshi o‘ynashni intizorlik bilan kutgandik.

Bu tarkibida nihoyatda iqtidorli futbolchilar jamlangan ajoyib jamoa.

"Atletiko" hozir juda yaxshi sport formasida ekanini bilamiz. Shunga qaramay, ularga qarshi o‘z kuchimizni sinab ko‘rishni istaymiz", — dedi Xyoness matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, "Shtutgart" Chempionlar ligasining joriy mavsumini ketma-ket ikki g‘alaba bilan boshladi.

Nemis klubi dastlabki turda "Viking"ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, keyingi uchrashuvda Bratislavaning "Slovan" jamoasini 3:0 hisobida yengdi.

"Shtutgart" va "Atletiko" o‘rtasidagi uchrashuv 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21 oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 22:43, 19.10.2026.
O'qildi: 341 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик