Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

«MYU» va «Liverpul» Bundesliga yulduzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Feliks Nmecha Angliyaning ikki grandi — «Manchester Yunayted» va «Liverpul» e’tiboriga tushgan. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, mankunianliklar qishki transfer oynasi oldidan tarkibni kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganib, 26 yoshli germaniyalik futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan.

«Liverpul» esa Nmechani «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skottga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda. Agar mersisaydliklar Skottni qo‘lga kirita olmasa, asosiy e’tiborini «Borussiya» futbolchisiga qaratishi mumkin.

Gamburgda tug‘ilgan va o‘n yildan ortiq vaqt davomida «Manchester Siti» akademiyasida tarbiyalangan Nmecha dortmundliklar bilan shartnomasini 2030 yilning iyuniga qadar uzaytirgan.

«Borussiya» o‘z futbolchisini sotish masalasida qat’iy pozisiyada turibdi. Nmechaning shartnomasida yanvar oyida faollashtirish mumkin bo‘lgan tovon puli bandi mavjud emas. Uni 80 million yevroga sotib olish imkoniyati faqat 2027 yil yozidan kuchga kiradi.

Hozirda nemis klubi yarim himoyachisini 90 milliondan 99,9 million yevrogacha baholamoqda. «Borussiya» sport direktori Ole Buk ham avvalroq Nmechaning sotilishi ehtimoli juda past ekanini ta’kidlagan edi.

Futbolchiga qiziqish bildirayotgan klublar faqat «Manchester Yunayted» va «Liverpul» bilan cheklanmaydi. Avvalroq «Chelsi», «Tottenxem», «Nyukasl», «Manchester Siti» va «Arsenal» ham uning o‘yinlarini kuzatib borgan.

Nmecha 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalar doirasida 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 65 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 07:55, 20.10.2026.
O'qildi: 860 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик