Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

«Bornmut» o‘z yetakchisini sotishga tayyor — Angliya grandlari transfer uchun kurashmoqda

Baho:
+ | -

«Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skott 2027 yilda jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Angliyalik futbolchiga Premyer-liganing bir qator yetakchi klublari qiziqish bildirmoqda.

The Touchline nashri taniqli insayder Fabrisio Romanoga tayanib xabar berishicha, «Bornmut» rahbariyati 23 yoshli futbolchi uchun moliyaviy jihatdan manfaatli taklif tushsa, uni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor.

Skottga o‘tgan yozda ham bir nechta klub qiziqish bildirgan edi. Biroq o‘shanda «Bornmut» asosiy futbolchilaridan biri bilan xayrlashishni istamagan.

Endilikda vaziyat o‘zgarishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, yarim himoyachining transferi uchun asosiy da’vogar «Chelsi» hisoblanmoqda. Shuningdek, Angliya Premyer-ligasining boshqa grandlari ham futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

Aleks Skottning bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 70 million yevroga baholangan.

Qayd etish joiz, «Bornmut» yetakchisi sentyabr oyi oxirida Angliya milliy terma jamoasi safida debyut qilishga ham ulgurdi.

Kiritildi: 08:14, 20.10.2026.
O'qildi: 978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик