Bugun, 20 oktyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining chorak final bosqichi uchrashuvlari boshlanadi. Yarim final yo‘llanmasi uchun sakkizta jamoa kurash olib boradi.
Musobaqaning ushbu bosqichidan o‘rin olgan to‘rtta bellashuvning uchtasi bugun o‘tkaziladi. Dastlab OKMK o‘z maydonida «Guliston»ni qabul qiladi. Uchrashuv soat 18:30 da start oladi.
Kunning qolgan ikki bahsi soat 19:00 da boshlanadi. Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasi «Andijon»ga qarshi maydonga tushsa, Farg‘onaning «Neftchi» klubi Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi bilan kuch sinashadi.
Chorak finalning so‘nggi uchrashuvi 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Namanganning «Navbahor» klubi «G‘azalkent»ni qabul qiladi.
O‘zbekiston kubogi. 1/4 final
20 oktyabr, seshanba
18:30. OKMK — «Guliston»
19:00. «So‘g‘diyona» — «Andijon»
19:00. «Neftchi» — «Lokomotiv»
21 oktyabr, chorshanba
19:00. «Navbahor» — «G‘azalkent»













