Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

«Barselona»ning zaif nuqtalari bormi? Luis Enrike javob berdi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi doirasida «Barselona»ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv oldidan kataloniyaliklar safidagi Lamin Yamal va Pedrining mahoratiga yuqori baho berdi.

Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, «Barselona»ning yetakchi futbolchilarini individual harakatlar orqali to‘xtatish deyarli imkonsiz. Shu sababli parijliklar raqibga qarshi jamoaviy tarzda harakat qilishi kerak.

«Barselona»ning zaif tomonlari bormi? Mukammal jamoaning o‘zi yo‘q. Biz bu uchrashuvga o‘z kuchimizga ishongan holda tayyorgarlik ko‘ryapmiz.

Raqibimiz o‘yinning barcha jabhalarida o‘sishga erishganini yaxshi bilamiz. Bu biz uchun juda muhim uchrashuv.

«Barselona»ning asosiy tarkibida kimlar maydonga tushishining ahamiyati yo‘q. Biz ularning barcha futbolchilarini yaxshi taniymiz. Har bir o‘yinchi jamoa o‘yiniga o‘ziga xos hissa qo‘shadi.

Albatta, boshlang‘ich tarkib e’lon qilingach, raqibning harakatlarini yanada batafsil tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

Biz bir butun jamoa sifatida harakat qilishimiz shart. Chunki Lamin Yamalning driblingini bir futbolchining o‘zi to‘xtata olmaydi. Xuddi shuningdek, Pedrining aqlbovar qilmas uzatmalarini ham yakka tartibda bartaraf etish imkonsiz.

Bunday futbolchilarga qarshi faqat butun jamoa bo‘lib kurashish kerak», — dedi Enrike matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» va «Barselona» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida o‘zaro to‘qnash keladi.

Uchrashuv 20 oktyabrdan 21 oktyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 08:36, 20.10.2026.
O'qildi: 1542 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик